20:22 / 13.02.2018
4 770

Janubiy Koreya prezidenti O‘zbekistonga keladi

Janubiy Koreya prezidenti O‘zbekistonga keladi
Janubiy Koreya prezidenti Mun Chje In O‘zbekistonga tashrif buyuradi. Bu haqda “Xalq so‘zi” gazetasi xabar bermoqda.

Koreya Respublikasining O‘zbekistondagi favqulodda va muxtor elchisi Kvon Yon U Toshkent shahrida ochilgan O‘zbekiston – Koreya Respublikasi biznes forumida bu haqda ma’lum qilgan.

“Koreya va O‘zbekiston o‘rtasida 1992 yilda diplomatik aloqalar o‘rnatilgandan so‘ng, dunyo hamjamiyati barcha mamlakatlarining havasini keltiradigan o‘zaro ishonchga asoslangan aloqalar yuzaga keldi. Biz juda yaqin do‘stlarga aylandik”, — deydi elchi.

Elchining aytishicha, aynan hozir Janubiy Koreya koorporatsiyalari O‘zbekiston bilan hamkorlikni jiddiy olib borishi kerak. U mazkur biznes-muloqot doirasida tomonlar ko‘plab amaliy natijalarni qo‘lga kiritishlariga umid bildirdi.

Eslatib o‘tamiz, o‘z ishini boshlagan biznes forumda 60ga yaqin xorijlik mehmonlar ishtirok etayapti. Janubiy Koreya delegatsiyasiga ushbu mamlakat bosh vaziri o‘rinbosari, moliya vaziri Kim Dong Yon boshchilik qilayapti.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » Janubiy Koreya prezidenti O‘zbekistonga keladi