23:55 / 14.02.2018
5 061

O‘g‘rilik vaqtida o‘g‘ri o‘z sherigini “nokautga” uchratdi (video)

O‘g‘rilik vaqtida o‘g‘ri o‘z sherigini “nokautga” uchratdi (video)
Shanxay politsiyasi Weibo ijtimoiy tarmog‘ida kuzatuv kamerasiga qayd qilingan muvaffaqiyatsiz o‘g‘rilik videosini joylashtirdi.

Videoda ikki o‘g‘ri binoning vitrinasini g‘isht bilan sindirib, uning ichiga kirmoqchi bo‘lgan. O‘g‘rilardan biri vitrinaga g‘isht uloqtirgach chetga o‘tayotganda sherigi otgan g‘isht boshiga tegadi va uni hushidan ketkazadi. Natijada o‘g‘ri “muvaffaqiyatli ov” o‘rniga o‘zining behush sherigini qo‘llaridan tortgancha qochishiga to‘g‘ri keladi.

“Agar barcha o‘g‘rilar shunaqa bo‘lganda, biz belgilangandan ko‘proq ishlamasdik”, deb izoh berganlar politsiyachilar ushbu voqeaga.

Jinoyatchilar ushlangani-yo‘qligi haqida ma’lumot berilmagan.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » O‘g‘rilik vaqtida o‘g‘ri o‘z sherigini “nokautga” uchratdi (video)