Qashqadaryo viloyatining Qarshi tumanida kecha, 14 fevral kuni soat 11:35 larda viloyat IIB YHXB YPX inspektori kichik serjanti S.R. Beshkent shahridagi Hamza — Mustaqillik ko‘chalari chorrahasida xizmat olib borayotib, shu yerda harakatlanib kelayotgan M.M. boshqaruvidagi «Lada-Largus» rusumli avtomashinani to‘xtatgan.
Xodim haydovchi M.M.dan avtomashina hujjatlarini so‘raganida, u xodimning qonuniy talablariga bo‘ysunmay, unga qarshilik ko‘rsatib kichik serjant S.R.ning yuziga urib, jarohat yetkazgan va avtomashinani haydab, voqea joyidan qochib ketgan.
Natijada kichik serjant S.R. kasalxonaga yotqizilgan. Ko‘rilgan choralar natijasida M.M. qo‘lga olingan.
O‘zbekiston Respublikasi IIV Jamoatchilik va ommaviy axborot vositalari bilan aloqalar boshqarmasining xabariga ko‘ra, mazkur holat yuzasidan surishtiruv ishlari olib borilmoqda. “Zamin” yangiliklarini “Instagram”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
«Real Madrid» ustozi Karlo Anchelotti kechagi g‘alabadan so‘ng nimalar dedi?
Erdo‘g‘on: «Isroil Gitlerdan ham o‘tib ketdi»
O‘zbekistonda zilzilaga tayyorgarlik kuchaytiriladi
Biznes imkoniyatingizni kengaytiring
AQSH razvedkasi: Ukraina 2024 yil oxirigacha urushda yutqazishi mumkin
Qondagi shakar miqdorini tartibga soluvchi foydali meva nomi aytildi
Xotirani yaxshilashning juda oddiy usuli topildi
Sirdaryoda budjetga juda ko‘p miqdorda zarar yetkazgan mayning ferma aniqlandi