00:30 / 18.02.2018
7 454

Jazzaxda poyezd va avtomobil to‘qnashuvi qanday sodir bo‘lgan edi? (video)

Jazzaxda poyezd va avtomobil to‘qnashuvi qanday sodir bo‘lgan edi? (video)
11 fevral kuni KUN.UZ saytida “Jizzaxda poyezd va avtomobilning to‘qnashib ketishi oqibatida bir kishi halok bo‘ldi” maqolasi e’lon qilingan edi. Unda Jizzax viloyatining Paxtakor tumanida 10 fevral soat 12.30da VAZ-2107 rusumli avtomashinasi “Yangiyer-Chimqo‘rg‘on” 4R-32 yo‘lining 3164-piket qo‘riqlanmaydigan temir yo‘l kesishmasidan o‘tishga uringani va buning oqibatida halokat yuz bergani haqida so‘z boradi.

Bugun, 17 fevral kuni KUN.UZ tahririyatiga Jizzax viloyati matbuot xizmati mazkur halokat kuzatuv kamerasida aks etgan videoni taqdim etdi. Unda yengil avtomobilni temir yo‘l kesishmasida poyezd kelayotganiga qaramay, harakatlanayotganini kuzatish mumkin.

Dasturlash foundation


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » Jazzaxda poyezd va avtomobil to‘qnashuvi qanday sodir bo‘lgan edi? (video)