20:20 / 18.02.2018
7 479

Samarqandda «Neksiya» yuk mashinasi ostiga kirib ketdi

Samarqandda «Neksiya» yuk mashinasi ostiga kirib ketdi
Samarqand viloyatining Nurobod tumanida kecha, 17 fevral kuni soat 06:00 larda Surxondaryo viloyatida yashagan A.N. «Neksiya» rusumli avtomashinasini «Samarqand-Qashqadaryo» yo‘lining 42-km.da haydab ketayotib, shu yo‘nalishda oldinda harakatlanayotgan Jizzax viloyatida yashovchi M.T. boshqaruvidagi «GAZ-53» yuk avtomashinasining orqa qismiga urilgan.

Natijada «Neksiya» avtomashinasi haydovchisi A.N. jarohat olib, voqea joyida halok bo‘lgan va uning yo‘lovchisi L.V. kasalxonaga keltirilganida vafot etgan.

O‘zbekiston Respublikasi IIV Jamoatchilik va ommaviy axborot vositalari bilan aloqalar boshqarmasining xabariga ko‘ra, mazkur holat yuzasidan surishtiruv ishlari olib borilmoqda.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » Samarqandda «Neksiya» yuk mashinasi ostiga kirib ketdi