23:30 / 18.02.2018
8 296

Qalb ko‘zi (Qur’on musobaqasida birinchi o‘rinni egallagan ko‘zi ojiz singlimizga bag‘ishlanadi)


Qalb ko‘zi (Qur’on musobaqasida birinchi o‘rinni egallagan ko‘zi ojiz singlimizga bag‘ishlanadi)
Senga hidoyatin tutmish Xudoyim,
Oyatin joylamish qorachiqlarga.
Ibratga aylanding toabad, doim,
Qur’on o‘qimagan ko‘z ochiqlarga.

Qalb ko‘zi hammadan nurafshon, to‘kin,
Bugun bor ko‘ngillar senga asirlar.
Qiyomat kunida ko‘z ochgan chog‘ing,
Shu ko‘zni yashnatsin Qur’oniy nurlar.

Ko‘zlaringga Kalom eng asil malham,
Ammo bir narsadan titranar ko‘nglim:
Qiyomat tongida bizga juda ham
Katta hujjat bo‘lib ketyapsan, singlim!

Xayrullo Hamidov

Manba: azon.uz

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » Qalb ko‘zi (Qur’on musobaqasida birinchi o‘rinni egallagan ko‘zi ojiz singlimizga bag‘ishlanadi)