23:48 / 18.02.2018
11 422

Shayx Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf xotirasiga bag‘ishlangan film efirga uzatildi (video)

Shayx Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf xotirasiga bag‘ishlangan film efirga uzatildi (video)
Shayx Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf... Bu nom Islom olamida alohida mazmunga, alohida o‘ringa va mavqega ega. O‘zbekiston diyoridan yetishib chiqqan bu olim o‘z ilmi, o‘z ma’rifati ila nafaqat o‘zbek millati, balki butun dunyo musulmonlari orasida ham o‘z obro‘si va martabasiga ega zotdir.

Bugun, 18 fevral kuni “O‘zbekiston 24” telekanali orqali ushbu shaxs hayoti, ilmiy yo‘liga atalib, hujjatli film efirga uzatildi. Unda shayx Muhammad Sodiq Muhammad Yusufning hayot va ilmiy yo‘li haqda hikoya qilinadi.

Ma’lumot o‘rnida, O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev shayx Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf xotirasini abadiylashtirish haqida so‘z yuritgan va Toshkent shahrida barpo etilayotgan masjidni u kishi sharafiga nomlash tashabbusi bilan chiqqan edi.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » Shayx Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf xotirasiga bag‘ishlangan film efirga uzatildi (video)