23:05 / 20.02.2018
6 698

Shavkat Mirziyoyev: “Mening eng katta tashvishim… ”(video)

Шавкат Мирзиёев: "Менинг энг катта ташвишим… "(видео)
Avval xabar berganimizdek, davlatimiz rahbari Shavkat Mirziyoyev joriy yilning 16 fevral kuni Buxoro shahridagi 54-maktabgacha ta’lim muassasasida bo‘ldi. Davlatimiz rahbari bog‘chada bolalarga yaratilgan sharoitlar bilan tanishdi, xodimlar bilan muloqot qildi, deb yozadi Asr.uz sayti.

Bog‘chada tajriba tariqasida tashkil etilgan qisqa muddatli boshlang‘ich rivojlantirish markazi faoliyati haqida ma’lumot berildi.

Shavkat Mirziyoyev maktabgacha ta’limning uslubiyatini takomillashtirish, malakali tarbiyachilar tayyorlash bo‘yicha ko‘rsatmalar berdi. Shavkat Mirziyoyevning bog‘chaga tashrifidan lavhalar “O‘zbekiston 24” telekanali orqali namoyish etildi.

“Dunyoqarashimizni o‘zgartira olamizmi-yo‘qmi? Ota-onaning berolmaganini bera olamizmi, yo‘qmi? Ota-ona o‘z yo‘liga, jamiyat rozi bo‘ladimi-yo‘qmi? Hamma har xil metodik usul bilan bolalarni tarbiya qilyapti. Muassasa bor, tarbiya yo‘q. Bolalar bu yerda shunchaki vaqtini o‘tkazyapti. Mening eng katta tashvishim — buni takror va takror aytyapman — tarbiyachilarning dunyoqarashini tezroq o‘zgartirishdir”, deya ta’kidladi davlatimiz raxbari.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » Shavkat Mirziyoyev: “Mening eng katta tashvishim… ”(video)