2018 yilning 13 yanvar kuni 3 nafar noma’lum shaxs Muqimiy ko‘chasida to‘xtab turgan “PREMIUM COMMUNICATIONS” MCHJga tegishli “Lasetti” rusumli avtomashinaga hujum qilgan. Bu haqda O‘zbekiston Respublikasi IIV Jamoatchilik va ommaviy axborot vositalari bilan aloqalar boshqarmasi xabar bermoqda.
Qayd etilishicha, ular avtomashina ichida bo‘lgan S.Sh. va Ya.Ya.ning turli joylariga urib-tepib tan jarohati yetkazib, pichoq va pnevmatik pistolet bilan qo‘rqitishgan hamda S.Sh.ni elektroshoker bilan urib, falaj holatga keltirib, unga tegishli 15 mln. so‘m hamda Ya.Ya.ga tegishli 8 mln. so‘m pullarni olib, voqea joyidan yashiringanlar.
Ko‘rilgan choralar natijasida, ushbu jinoyatni Olmazor tumani R.Ashurov ko‘chasida yashovchi, muqaddam sudlangan, 1984 yilda tug‘ilgan U.S. sodir etganligi aniqlanib qo‘lga olingan. Uning sheriklarini aniqlash va ushlash choralari ko‘rilgan. “Zamin” yangiliklarini “Youtube”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Zelenskiyga ukrainaliklar haqida kutilmagan yangilik aytildi
Eron zarbasi katta zarar yetkazmadi, lekin Isroil baribir yutqazdi...
Akademik Qodir G‘ulomov Qo‘shrabotda bo‘ldi
Ramzan Qodirovning 19 yoshli qizi medal bilan taqdirlandi
Shveysariya prezidenti Putinga maktub yo‘lladi
Olimlar o‘quvchilarning familiyasidagi bosh harf ularning bahosiga ta’sir qilishini aniqladi
AQSHning Suriyadagi harbiy bazasiga raketalar hujum qildi
O‘zbekistonda o‘tgan uch oyda qancha avtomobil ishlab chiqarilgan?