5 775
Toshkentdagi ko‘cha va yo‘llardan “To‘xtash taqiqlangan” yo‘l belgilari olib tashlanmoqda
Toshkent shahar IIBB tarqatgan xabarga ko‘ra, ayni kunlarda shaxar ko‘cha va yo‘llaridagi 3.27 “To‘xtash taqiqlangan” va 3.28 “To‘xtab turish taqiqlangan” yo‘l belgilarini xatlovdan o‘tkazish ishlari davom ettirilmoqda, deb ma’lum qiladi Xabar nashri.
Xatlov jarayonida yuqorida qayd etilgan yo‘l belgilarining harakat ishtirokchilariga ko‘rinish darajasiga, shuningdek ularning ko‘cha va yo‘llar belgilangan qismlaridagi mavjud holatga mosligiga e’tibor qaratilmoqda.
Xatlov natijalariga ko‘ra o‘z ahamiyatini yo‘qotgan 3.27 “To‘xtash taqiqlangan” yo‘l belgilari olib tashlanib, 3.28 “To‘xtab turish taqiqlangan” yo‘l belgilariga almashtirilyapti.
“Ushbu yo‘nalishda ko‘rilayotgan choralar yo‘l harakati ishtirokchilariga qo‘shimcha qulayliklar yaratadi va yo‘lovchilarni muammosiz tushirib chiqarish imkoniyatini yaratadi”, deyiladi IIBB xabarida. “Zamin” yangiliklarini “Instagram”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Emmanuel Makron: “Ukraina tez orada qulashi mumkin”
Rossiya G‘azoga 29 tonnadan ortiq insonparvarlik yordami jo‘natdi
Dubay hukmdorining eng go‘zal qizi qanday hayot kechiradi?
AQSH politsiyachilarining «aqlli qarori» Legoga ma’qul kelmadi
Rossiyalik tergovchilar teraktda ayblanayotganlar oilasini so‘roq qilish uchun Tojikistonga keldi
Rossiyaning harbiy operatsiyadagi manyovri Ukrainani hayratga soldi
«Tolibon» Moskvadagi terakt tashkilotchilarini yo‘q qilishga va’da berdi
Teraktdan keyin Rossiyadagi Tojikiston fuqarolari nafrat va tajovuzga duchor bo‘lmoqda