2017 yilda Orol dengizi bo‘yida ikkita turistik kompleks tashkil qilindi. Bu haqda Turizmni rivojlantirish davlat qo‘mitasining Qoraqalpog‘iston Respublikasi hududiy boshqarmasi boshlig‘i Bayram Kusekeyev ma’lum qilgan.
Birinchi turistik kompleks Qoraqalpog‘iston Respublikasi Mo‘ynoq tumanidagi Aq tumsiq manzilida “Tazabay Grand Service” MCHJ tomonidan tashkil qilingan.
Shuningdek, shu joyning o‘zida – Orol dengizi sohilida “Muinok tour” MCHJ tomonidan ikkinchi turistik baza ochilgan.
Tashkilotlar tomonidan sayyohlarga dam olish, ovqatlanish va transport xizmatlari ko‘rsatib kelinmoqda.
Turistik komplekslar O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017 yil 18 yanvardagi “2017-2021 yillarda Orolbo‘yi mintaqasini rivojlantirish davlat dasturi to‘g‘risida”gi qaroriga muvofiq tashkil etilgan. “Zamin” yangiliklarini “Facebook”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Ramzan Qodirovning 19 yoshli qizi medal bilan taqdirlandi
HAMAS yetakchisi: Isroil Rafahga kirsa, Falastin xalqi oq bayroqni ko‘tarmaydi
Sariqmi yoki yashil: qaysi turdagi banan foydaliroq?
Toshkentda 02 kodli avtoraqamlar taxminan qachon paydo bo‘lishi aytildi
Eron prezidenti jiddiy bayonot berdi: «Isroildan hech narsa qolmaydi»
Germaniyada maktab o‘quvchilari ommaviy ravishda islom dinini qabul qilmoqda
Germaniyaning Knauf kompaniyasi Rossiyadan butunlay chiqib ketishini tasdiqladi
Qaysi kundalik odatlar immunitet pasayishiga olib kelishini bilasizmi?