00:05 / 25.02.2018
7 601

Bekobodda 50 ming so‘mlik qalbaki pullar yasagan “tadbirkorlar” qo‘lga tushdi

Bekobodda 50 ming so‘mlik qalbaki pullar yasagan “tadbirkorlar” qo‘lga tushdi
Toshkent viloyatining Bekobod tumanida qalbaki pullar chiqarish va ularni tarqatish bilan shug‘ullanmoqchi bo‘lgan fuqarolar aniqlandi. Bu haqda tahririyatimizga Toshkent viloyati IIB xabar berdi.

2018 yil 22 fevral kuni Bekobod tuman IIB xodimlari tomonidan o‘tkazilgan tezkor tadbir davomida 1983 yilda tug‘ilgan X.U.ning uyida o‘zining jinoiy sheriklari, muqaddam 2016 yilda ham O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat Kodeksining 176-moddasi 1-qismi bilan (qalbaki pul, aksiz markasi yoki qimmatbaho qog‘ozlar yasash, ularni o‘tkazish) sudlangan, 1990 yilda tug‘ilgan S.M. va 1990 yilda tug‘ilgan D.T.lar qalbaki pul yasash maqsadida rangli printer va kompyuter jamlanmasini sotib olishib, ushbu printer yordamida kelgusida o‘tkazish maqsadida, 50.000 so‘mlik kupyuradan kseronusxa ko‘chirish yo‘li bilan jami bo‘lib 117 dona – 5.850.000 so‘m qalbaki pul mablag‘larini yasab, shu qalbaki pullarni kelgusida o‘tkazish uchun saqlab kelayotganliklari aniqlandi. Daliliy ashyolar sifatida printer va 5.500.000 so‘m pullar olingan.

Tadbir davomida S.M. 21 fevral kuni Bekobod tumani Yangihayot mahallasida joylashgan Sh.T.ga tegishli do‘kondan bir shisha vino xarid qilib, xarid qilingan mahsulot uchun bir dona 50.000 so‘m qalbaki puldan foydalangan, bundan tashqari, shu kuni X.U. mahalladoshi F.X.ga ikki dona 50.000 so‘mlik qalbaki pulni qarz uchun bergan. Yana to‘rt dona 50.000 so‘m qalbaki pulni D.T. yoqib yuborgani aniqlangan.

Holat yuzasidan Bekobod tumani IIB huzuridagi Tergov bo‘limi tomonidan O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat Kodeksining 176-moddasi 2-qismi “a” bandi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » Bekobodda 50 ming so‘mlik qalbaki pullar yasagan “tadbirkorlar” qo‘lga tushdi