09:50 / 25.02.2018
8 810

Yulduz Usmonovaning tilla taqinchoqlarini o‘marib ketishdi

Yulduz Usmonovaning tilla taqinchoqlarini o‘marib ketishdi
Yulduz Usmonovaning tilla taqinchoqlarini o‘marib ketishdi. Bu haqda “Xalq so‘zi”ga tayanib “Daryo” yozmoqda. Gap G‘ijduvon tumani Gajdumak mahalla fuqarolar yig‘ini hududida istiqomat qiluvchi Yulduz Usmonova haqida bormoqda. Uning huzuriga o‘tgan yil kuz kunlarining birida ikki notanish ayol keladi.

“Eski paltolarning yoqasini, tanga, tilla taqinchoqlar sotib olamiz”, — deyishadi ular. Yulduzning qulog‘idagi zirak so‘zamol ayollarning e’tiborini tortadi.

— Singiljon, xohlasangiz, ziragingizning tilla yoki tilla emasligini bir zumda aniqlab beramiz, — deydi ularning biri.

Kutilmagan mehmonlarning gaplariga mahliyo bo‘lib qolgan uy bekasi ziragini yechib, uzatadi. “Hojatbarorlar” uni qandaydir suyuqlikka botirishadi. Sirg‘a qorayib qoladi. Shu tariqa Yulduz ularga ikki juft ziragi va tilla zanjirini ham chiqarib beradi. Suyuqlikka tushgach, ular ham qoramtir tusga kiradi. Shunda o‘zini “Nafisa” deb tanishtirgani qoraygan taqinchoqlarni ikki soat ichida tozalab keltirib beramiz, deydi va o‘zining ziragini Yulduzga garov tariqasida qoldiradi.

Notanish mehmonlar ikki tugul besh-olti soatdan keyin ham qaytib kelishmadi. He yo‘q, be yo‘q, 1 million 600 ming so‘mlik 2 juft ziragi va bahosi 1 million so‘mlik tilla zanjiridan ayrilgan uy bekasining yuragiga qil ham sig‘may qoldi. Halovatini yo‘qotgan ayol ichki ishlar boshqarmasiga murojaat qildi.

Qidiruv ishlari boshlab yuborildi. Firibgar ayollar qayoqqa ham qochib borishardi. Ularni topishdi. Soddadil Yulduz Usmonovani chuv tushirganlar Farg‘ona vodiysidan bo‘lgan S. D. va X. S.lar ekani ma’lum bo‘ldi. Ularga nisbatan jinoyat ishi qo‘zg‘atildi. Yulduz-chi, dersiz. U uchun bu bir saboq bo‘ldi. Aks holda yetti yot kishilarning nayrangiga uchib, pand yeb qolmagan bo‘lardi, deyiladi xabarda.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » Yulduz Usmonovaning tilla taqinchoqlarini o‘marib ketishdi