18:41 / 25.02.2018
11 051

Andijonlik ayol pensiyaga chiqqan kunning ertasiga o‘z joniga qasd qildi. Nega?..

Andijonlik ayol pensiyaga chiqqan kunning ertasiga o‘z joniga qasd qildi. Nega?..
Rasmiy xabarlarga ko‘ra, Andijon viloyatining Shahrixon tumanida yashovchi 55 yoshli Zulxumor Rustamova tuman tibbiyot birlashmasi kadrlar bo‘limida faoliyat yuritgan. Yaqinda davlat qonunlariga ko‘ra, Zulxumor opani pensiyaga kuzatib qo‘yishgan.

Eslatib o‘tamiz, O‘zbekistonda ayollar 55, erkaklar 60 yoshga yetgach, pensiyaga chiqadi.

Ammo Zulxumor opa birlashma direktori huzuriga kirib, pensiyaga chiqish niyati yo‘qligini bayon qilgan. O‘z o‘rnida direktor xodimaning rad javobini hisobga olmagan va buyruqqa imzo chekkan. Zulxumor Rustamova uyiga kelgan-u, ertasi kuni o‘zini osib qo‘ygan. Hozirgi paytda ushbu fakt yuzasidan jinoiy ish qo‘zg‘atilgan. Bu ish bilan Shahrixon tuman prokuraturasi tergovchilari shug‘ullanmoqda.

— Zulxumorni majburiy tarzda pensiyaga chiqarishgan, — deydi marhumaning qarindoshlaridan biri. — U o‘z ishini juda sevardi. Iltimoslarini hisobga olishganda, shu fojia yuz bermasdi…

Manba: hordiq.uz

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » Andijonlik ayol pensiyaga chiqqan kunning ertasiga o‘z joniga qasd qildi. Nega?..