11:01 / 28.02.2018
5 135

Toshkentda anesteziolog 16 yoshli bemorning o‘limida aybdor deb topildi (video)

Toshkentda anesteziolog 16 yoshli bemorning o‘limida aybdor deb topildi (video)
Foto: “UzNews.uz”
Jarrohlik markazi anesteziologi, To‘raxo‘jayev Begzodning vafot etgani ortidan jinoyat ishida aybdor deb topildi va ozodlikdan mahrum etildi. Bu haqda “UzNews.uz” xabar bermoqda.

Ma’lum bo‘lishicha, 16 yoshli bemor To‘raxo‘jayev Begzod o‘tkir ko‘richak tashxisi bilan shifoxonaga yotqizilganidan so‘ng, jarrohlik o‘tkazilishi uchun maxsus xonaga olib kirib ketilib, bir necha soat vaqt davomida na bemor va na shifokordan darak bo‘ladi.

Afsuski, 16 yoshga to‘lgan Toshkent shahridagi 19-maktabning sobiq o‘quvchisi jarrohlik jarayonidan chiqmadi, u vafot etdi. Aynan Jarrohlik markazida uning biologik o‘limi qayd etildi.

Buning ortidan esa anesteziolog Tursunov Sherzodga nisbatan Jinoyat kodeksining 116-modda 3-qismi bilan jinoyat ishi ochiladi.

Kecha, 27 fevral kuni sud barcha taraflarni eshitib, qonuniy qaror qabul qildi.

Sud hukmiga ko‘ra, Tursunov Sherzod 3 yilu 6 oy ozodlikdan mahrum etildi va ikki yil muddatga tibbiyot sohasida mehnat qilish huquqidan mahrum etildi.

Bundan tashqari, bu ish yuzasidan Olmazor tumani Jinoyat ishlari bo‘yicha sudi tomonidan Sog‘liqni saqlash vazirligiga taqdimnoma kiritildi.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » Toshkentda anesteziolog 16 yoshli bemorning o‘limida aybdor deb topildi (video)