23:30 / 28.02.2018
5 934

Haj va Umra ziyoratiga boruvchilarni saralash tartibiga o‘zgartirish kiritildi

Haj va Umra ziyoratiga boruvchilarni saralash tartibiga o‘zgartirish kiritildi
Vazirlar Mahkamasining qaroriga ko‘ra, Haj va Umra tadbirlarini tashkil etish va o‘tkazish tartibi to‘g‘risidagi nizomga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritilib, yangicha tizim yo‘lga qo‘yildi. Bu haqda O‘zA xabar bermoqda.

Endilikda Hajga bormoqchi bo‘lgan fuqaro avval ushbu ziyoratga bormagan bo‘lishi, Umraga bormoqchi bo‘lganlar esa so‘nggi ikki yil mobaynida Umra yoki so‘nggi besh yilda Haj tadbirini ado etmagan bo‘lishi kerak. Hajga boradigan nomzodlarni mahalla fuqarolar yig‘ini miqyosida saralab olish uchun tuman (shahar) hokimi tomonidan yetti kishidan iborat ishchi guruh tuziladi. Ishchi guruh tarkibiga, qoidaga ko‘ra, tuman (shahar) bosh imomi, mahallaga biriktirilgan imom, mahalla raisi, diniy ma’rifat va ma’naviy-axloqiy tarbiya masalalari bo‘yicha maslahatchi, profilaktika inspektori, xotin-qizlar qo‘mitasi va “Nuroniy” jamg‘armasi vakillari kiritiladi.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » Haj va Umra ziyoratiga boruvchilarni saralash tartibiga o‘zgartirish kiritildi