12:50 / 03.03.2018
6 625

Putin prezident bo‘lmaganda nima bilan mashg‘ul bo‘lishi haqida so‘zlab berdi

Путин президент бўлмаганда нима билан машғул бўлиши ҳақида сўзлаб берди
Rossiya prezidenti Vladimir Putin prezident bo‘lmaganda, ijod bilan shug‘ullangan bo‘lishini aytdi. U Umumrossiya xalq fronti mediaforumi boshlovchilari unga tayyorlab qo‘ygan blis-so‘rov vaqtidagi savolga shunday javob berdi.

Putin boshqa bir jurnalistning savoliga javob berar ekan, o‘zining kelajakdagi taqdiri haqida bilishni istamasligini aytgan.

Putin, shuningdek, o‘z hayoti haqida biroz so‘zlab bergan: uning aytishicha, u har kuni ertalab badantarbiya qiladi, Yangi yil kechasida esa mamlakatning aksariyat aholisi kabi o‘zining Yangi yil tabrigini tomosha qiladi. “Men ham prezident chiqishini ko‘raman va uni kutaman, so‘zim rost”, deb aytgan Putin.

Putin g‘amgin vaqtda nima qilishi haqidagi savolga “Ishlayman” deb javob bergan. U, shuningdek, katta hajmdagi axborot va raqamli ma’lumotlarni esda saqlay olish siri bilan bo‘lishgan. “Agar har kuni bu bilan shug‘ullansang, bu qiyinchilik tug‘dirmaydi”, deb aytgan Rossiya prezidenti.

Bundan tashqari, Putindan qanday tarixiy voqeani o‘zgartirgan bo‘lishi haqida so‘rashgan. “Sobiq ittifoq parchalanishini”, deb javob qilgan Putin. U shu bilan birga boshqa zamonda yashashni istamagan bo‘lishini, chunki uning ajdodlari krepostnoy dehqonlar bo‘lganini aytgan.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » Putin prezident bo‘lmaganda nima bilan mashg‘ul bo‘lishi haqida so‘zlab berdi