14:39 / 05.03.2018
7 427

Aka-ukalar dahshatli qotillikni xaspo‘shlash uchun uyga o‘t qo‘yishdi

Aka-ukalar dahshatli qotillikni xaspo‘shlash uchun uyga o‘t qo‘yishdi
3 mart kuni soat 14.04 larda Namangan shahridagi Nomongoniy ko‘chasida yashovchi, 1968 yilda tug‘ilgan I.Esonovning uyida yong‘in sodir bo‘lgan. Ko‘rilgan choralar natijasida yong‘in o‘chirilgan, deya xabar berdi IIV Jamoatchilik va ommaviy axborot vositalari bilan aloqalar boshqarmasi.

Yong‘inni o‘chirish vaqtida uydan I.Esonovning 2003 yilda tug‘ilgan o‘g‘lining jasadi topilgan. Tekshiruvlar uning boshi va tanasining turli joylariga to‘mtoq jism bilan urib jarohat yetkazilganini ko‘rsatdi.

Ma’lum bo‘lishicha, Yangiqo‘rg‘on tumani “Nanay” mahallasida yashovchi, 1994 yilda tug‘ilgan Muhammadsoli Rahimberdiyev va uning ukasi, 1997 yilda tug‘ilgan Muhammadiyor Rahimberdiyevlar yigitni o‘ldirib, uyga o‘t qo‘yganlari aniqlanib qo‘lga olingan.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » Aka-ukalar dahshatli qotillikni xaspo‘shlash uchun uyga o‘t qo‘yishdi