19:12 / 07.03.2018
6 154

Bayram arafasida Lola Karimova yuksak mukofot bilan taqdirlandi (foto)

Bayram arafasida Lola Karimova yuksak mukofot bilan taqdirlandi (foto)
Lola Karimova bunday yuksak unvonga sazovor bo‘lish katta sharaf ekanligini ma’lum qildi.

O‘zbekistonning Birinchi Prezidenti Islom Karimovning qizi Lola Karimova-Tillayeva Fransisk I qirollik ordenining Dama faxriy unvoniga munosib deb topildi. Bu haqida u o‘zining Instagram sahifasida xabar qildi.

Unga mukofotni Ikki Sitsiliya shahzodasi Charlz hamda malika Kamilla de Burbonlar topshirishdi.

“Fransisk I qirollik ordenining ushbu yuksak unvoniga muyassar bo‘lish men uchun katta sharaf. Orden muhim gumanitar va xayriya tashabbuslar hamda dinlararo aloqalarni rivojlantirishga qo‘shgan hissasi uchun xalqaro darajada tan olingan”,- deb yozadi Lola Karimova-Tillayeva.


Turli yillarda Fransisk I ordenining ritsar va dama unvoniga Daniya malikasi Benedikta, Buyuk Britaniya sobiq bosh vaziri baronessa Margaret Tetcher, Makka viloyati hokimi shahzoda Holid al-Faysal bin Abdulaziz al-Saud, Kosovoning sobiq prezidenti Atifete Yaxyaga, BMT sobiq bosh kotibi Pan Gi Mun sazovor bo‘lgan.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq, Lola Karimova-Tillayeva O‘zbekiston Gimnastika federatsiyasi prezidenti lavozimini tark etishini bildirgani haqida xabar bergan edik.

Shuningdek, joriy yilning fevral oyi boshida u O‘zbekistonning YUNЕSKOdagi elchisi sifatidagi faoliyatini yakunlagandi.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » Bayram arafasida Lola Karimova yuksak mukofot bilan taqdirlandi (foto)