23:20 / 07.03.2018
6 441

Sergelidan mashinani o‘g‘irlab, keyin yoqib yuborishdi

Sergelidan mashinani o‘g‘irlab, keyin yoqib yuborishdi
Toshkent shahrining Sergeli tumanida 5 mart kuni noma’lum shaxs qarovsiz qoldirilgan, fuqaro S.R.ga tegishli “VAZ-2105” rusumli avtomashinasini haydab qochgan.

Olib borilgan qidiruv ishlari natijasida Toshkent viloyati Yangiyo‘l tumani Do‘stlik jamoa xo‘jaligi hududidan avtomashina to‘liq yongan holda topilgan, deyiladi O‘zbekiston Respublikasi IIV Jamoatchilik va ommaviy axborot vositalari bilan aloqalar boshqarmasi xabarida.

Ko‘rilgan choralar natijasida ushbu jinoyatni Sergeli tumanida yashovchi I.G. va T.G. sodir etganliklari aniqlanib, qo‘lga olinganlar.

Shuningdek, Toshkent shahrining Chilonzor tumanida 6 mart kuni soat 21.30larda Toshkent viloyati Zangiota tumanida yashovchi S.N. boshqaruvidagi “Mersedes-bens” rusumli avtomashinasini Bunyodkor shohko‘chasida joylashgan “Avtotexxizmat” binosi oldida haydab ketayotib, boshqaruvni eplay olmay, yo‘l chetidagi daraxtga urilgan.

Natijada avtomashina yo‘lovchilari O.A. va J.Q. jarohat olib, shifoxonaga keltirilganlarida vafot etganlar hamda avtomashina haydovchisi S.N.ga shifoxonada tibbiy yordam ko‘rsatilgan.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » Sergelidan mashinani o‘g‘irlab, keyin yoqib yuborishdi