17:05 / 11.03.2018
6 871

Samarqandda futbol firibgarlari ustidan jinoyat ishi ochildi

Samarqandda futbol firibgarlari ustidan jinoyat ishi ochildi
Samarqand shahar prokuraturasi tomonidan 2018 yilning 15 yanvarida Samarqand viloyat mini-futbol assotsiatsiyasi qoshidagi «Nafis» mini-futbol klubi mansabdor shaxslari va boshqalarga nisbatan O‘zbekiston Respublikasi jinoyat kodeksining 167-moddasi 2-qismi «g» bandi (mansab mavqeini suiiste’mol qilish yo‘li bilan sodir etilgan jinoyat) va 228-moddasi 1-qismi (Davlat proba tamg‘alarini tayyorlash va ulardan foydalanish qoidalarini buzish) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan. Bu haqda «Xabar.uz» xabar qildi.

Mazkur jinoyat ishi 6 fevral kuni O‘zbekiston Respublikasi jinoyat-protsessual kodeksining 345-moddasi tartibida Samarqand viloyat prokuraturasiga tergov harakatlarini davom ettirish uchun yuborilgan.

Ma’lumotlarga ko‘ra ayni paytda Samarqand viloyat prokuraturasi tomonidan Samarqand viloyat mini-futbol assotsiatsiyasi qoshidagi «Nafis» mini-futbol klubi mansabdor shaxslari va boshqalarga nisbatan tergov-surishtiruv ishlari olib borilmoqda.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » Samarqandda futbol firibgarlari ustidan jinoyat ishi ochildi