01:20 / 12.03.2018
5 079

IIBB boshlig‘i Toshkent shahrida necha ming kuzatuv kemarasi o‘rnatilganini aytdi

IIBB boshlig‘i Toshkent shahrida necha ming kuzatuv kemarasi o‘rnatilganini aytdi
Toshkent shahridagi kuzatuv kameralari yordamida jami sodir etilgan jinoyatlarning 30 foizi fosh etilmoqda. Shu bois, kuzatuv kameralarini o‘rnatish ishlari davom ettiriladi. Toshkent shahar IIBB boshlig‘i Rustam Jo‘rayev 10 mart kuni bo‘lib o‘tgan ochiq muloqotda shu haqda ma’lum qildi.

“Jinoyat-qidiruv yo‘nalishi bo‘yicha 787 ta sodir etilgan jinoyatning 706 ta ochilgan bo‘lsa, shundan 216 ta jinoyat videokameralar vositasida fosh etilgan. Bu 30 foizni tashkil etadi. Toshkent shahrida bugungi kunda 140 mingdan ortiq videokuzatuv kameralari o‘rnatilgan. Bu yo‘nalishdagi ishlar hali davom etmoqda. Xalqaro tajribadan kelib chiqib, buning foydasi katta, deyish mumkin. Birgina Moskva shahrida 200 mingdan ortiq kameralar o‘rnatilgan. U yerdagi jinoyatlarning 70 foizi videokuzatuv kameralari vositasida fosh etilgan. Shunga binoan, Toshkent shahrida ham kameralar o‘rnatilishi davom ettiriladi”, - dedi Rustam Jo‘rayev.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » IIBB boshlig‘i Toshkent shahrida necha ming kuzatuv kemarasi o‘rnatilganini aytdi