23:30 / 13.03.2018
5 645

Toshkentda «Neksiya» avtomashinasi yonib ketdi (foto+video)

Toshkentda «Neksiya» avtomashinasi yonib ketdi (foto+video)
Bugun, 13 mart kuni soat taxminan 20:25 larda Toshkent shahrida yo‘l-transport hodisasi kuzatildi. Bu haqda Toshkent shahar YHXBdagi manbalarimiz xabar berdi, deb yozmoqda Xabar nashri.

Foto: «Xabar.uz»
Qayd etilishicha, Shayxontohur tumanida joylashgan Ganga chorrahasidagi ko‘prikka kiraverishda ikkita «Neksiya» bir-birini quvib o‘tishga uringan. Ishqalanish oqibatida yoqilg‘i bakida yong‘in chiqqan.

Foto: «Xabar.uz»
Hozircha halokatda hech kim jabrlanmagan. Olov o‘chirilgan. Birinchi videoda nomaqbul so‘zlar aytilgani bois ovozsiz berishni lozim topdik.


arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » Toshkentda «Neksiya» avtomashinasi yonib ketdi (foto+video)