11:16 / 15.03.2018
5 916

Shavkat Mirziyoyev Ostonada kutib olindi

Shavkat Mirziyoyev Ostonada kutib olindi
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev Qozog‘iston Respublikasi Prezidenti Nursulton Nazarboyevning taklifiga binoan 15 mart kuni amaliy tashrif bilan Ostona shahriga jo‘nab ketgani haqida xabar bergan edik.

«Xabar» nashri bergan ma’lumotga ko‘ra, Shavkat Mirziyoyev amaliy tashrif bilan Ostona shahriga yetib keldi. Oliy martabali mehmonni Ostona xalqaro aeroportida Qozog‘iston Bosh vazirining birinchi o‘rinbosari Askar Mamin kutib oldi.

Eslatib o‘tamiz, davlat rahbari bugun Qozog‘istonda O‘zbekiston yilining rasmiy ochilish marosimida ishtirok etadi. Shuningdek, O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning Qozog‘iston Prezidenti Nursulton Nazarboyev bilan uchrashuvi ham rejalashtirilgan.

Dasturlash foundation


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » Shavkat Mirziyoyev Ostonada kutib olindi