13:01 / 15.03.2018
9 276

Andijonda bedarak yo‘qolgan bank xodimining jasadi topildi

Andijonda bedarak yo‘qolgan bank xodimining jasadi topildi
Joriy yil 9 mart kuni Andijon viloyatining Qo‘rg‘ontepa tumani, «Beshtol» mahallasida yashovchi A.Qosimov soat 19:00 atrofida ukasi, «Hamkorbank» tuman filiali xodimi, 1990 yilda tug‘ilgan F.Qosimov Nexia rusumli avtomashinasida ish joyidan noma’lum tomonga ketib, bedarak yo‘qolganligi yuzasidan murojaat qildi. Bu haqda IIV jamoatchilik va OAV bilan aloqalar boshqarmasi xabariga tayanib Daryo ma’lum qilmoqda.

Qidiruv ishlari natijasida avtomobil Qo‘rg‘ontepa tumani, «Yangibo‘ston» mahallasi hududida joylashgan «Omad Zuhro» fermer xo‘jaligidan oqib o‘tuvchi «Savay ariq» kanalidan topildi.

Kanalning «Nafosat» mahallasida joylashgan «Oxunjon yer saxovati» fermer xo‘jaligidan oqib o‘tuvchi qismida F.Qosimovning bosh va chap biqin sohalarida tan jarohatlari bilan jasadi topildi.

Ko‘rilgan choralar natijasida ushbu jinoyatni Jalaquduq tumani, «Beshtol» mahallasida yashovchi, 1994 yilda tug‘ilgan F.Sultonov va Qirg‘iziston fuqarosi, O‘sh shahrida yashovchi, 1995- yilda tug‘ilgan A.Ibragimov sodir etganliklari aniqlandi.

Hozirda surishtiruv ishlari olib borimoqda.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » Andijonda bedarak yo‘qolgan bank xodimining jasadi topildi