Shu yilning 14 mart kuni Nukus shahridagi Yoshlar markazida O‘zbekiston yoshlar ittifoqi Qoraqalpog‘iston Respublikasi kengashi tashabbusi bilan tashkil etilgan Yoshlar press klubining 3-sessiyasida Qoraqalpog‘iston axborot agentligi direktori Yesimxon Qanaatov ishtirok etdi. Bu haqda «Karinform.uz» xabariga tayanib Xabar nashri ma’lum qilmoqda.
Yesimxon Qanaatovning aytishicha, agentlik tashabbusi bilan yaqin kunlarda Orol dengiziga yana bir marta mediatur tashkil etish maqsadida. Mazkur mediatur davomida Orol dengizi suvlarining Kaspiyga oqib ketganligini isbotlash asosiy maqsad qilib belgilangan.
— Xalqimiz orasida «Orolning balig‘i Kaspiydan topilibdi» degan gap yuradi. Bu bekorga aytilmagan. Aslida Orol avvallari ham Kaspiyga oqib turgan. Dengiz suvining Kaspiyga oqqanligini isbotlovchi katta suv yo‘li mavjud. Biz buning haqiqatligini mediaturda isbotlamoqchimiz, — deydi Ye.Qanaatov.
Ma’lumot o‘rnida shuni aytish mumkin, Ye.Qanaatov rahbarligidagi Qoraqalpog‘iston axborot agentligi avval 2 marta Orol dengiziga mediatur tashkil etgan va unda fanga noma’lum bo‘lgan ma’lumotlar to‘plangan edi. “Zamin” yangiliklarini “Odnoklassniki”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Ramzan Qodirovning 19 yoshli qizi medal bilan taqdirlandi
Crocus teraktida ayblanayotgan tojikistonlik Dalerjon Mirzoyevning ota-onasi o‘g‘li haqida gapirdi
Futzal. Osiyo Kubogi. Tojikiston Yaponiyani guruhda qoldirdi
Amerikalik olimlar barcha uchun birdek foydali jismoniy faollik turini aniqladi
Damas uchun onlayn kontraktatsiya ochiladi
Rossiya dunyodagi birinchi vodorod yoqilg‘ili avtomobilni taqdim etdi
Vladimir Putin «Krokus»da sodir etilgan terakt uchun o‘ch olishga chaqirdi
O‘zbekistonda o‘tgan uch oyda qancha avtomobil ishlab chiqarilgan?