17:54 / 17.03.2018
5 895

Prezident matbuot kotibi “qaltis” savolga namunali javob qaytardi

Prezident matbuot kotibi “qaltis” savolga namunali javob qaytardi
Ijtimoiy tarmoq foydalanuvchisi Prezident matbuot kotibiga Samarqanddagi o‘qituvchining o‘limi borasida har kim ham berishga botina olmaydigan savol yo‘lladi.

Eslatib o‘tamiz, samarqandlik o‘qituvchi Diana Inikovaning Samarqand-Buxoro yo‘lidagi to‘siqlarni ohaklayotganida yuk mashinasi urib yuborishi natijasida vafot etgan edi.

Ijtimoiy tarmoqlarda dars o‘tishi kerak bo‘lgan o‘qituvchining norasmiy hashar ishlariga jalb etilgani va buning natijasida vafot etgani hamda uning voyaga yetmagan norasida go‘dagi onasiz qolib ketgani keskin tanqidiy mulohazalarga sabab bo‘layotgan edi.

Komil Allamjonov esa o‘zining Facebook ijtimoiy tarmog‘idagi rasmiy sahifasi orqali bu mavzu yuzasidan tegishli doirada o‘rganishlar bo‘layotganini bildirgan.

Tarmoqdagi foydalanuvchilardan biri O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining Matbuot kotibiga savol bilan murojaat qilgan:

– “Matbuot kotibiga savol: hokimlar prezident kelishidan sal oldin asosan o‘qituvchilarni katta va kichik yo‘l yoqalariga chiqarib, tozalash ishlariga “majburlaydilar”. Shu to‘g‘rimi? Yoki bu kichkina masala hisoblanadimi? Bir necha kun oldin Samarqand katta ko‘chasini tozalayotgan vaqtda 23 yoshli o‘qituvchi mashina urib ketishi natijasida vafot etgan. Umuman, shu kabi “hokimlarga xos an’ana qachon tugatiladi?”.

Komil Allamjonov esa murojaat tarzidagi savolga quyidagicha javob bergan:
– “Bo‘lib o‘tgan hodisa albatta juda achinarli. Fojiaga olib kelgan sabablar hozirda o‘rganilmoqda. Natijasiga ko‘ra tegishli choralar belgilanadi. O‘z nomimdan marhumaning oila a’zolari va yaqinlariga chuqur ta’ziya izhor etaman”.


Manba: Uznews.uz

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » Prezident matbuot kotibi “qaltis” savolga namunali javob qaytardi