Shavkat Mirziyoyev: "Xalq bayram qiladi, biz ishlaymiz"

  • Jamiyat
  • 18-03-2018, 15:30
  • 1 709
  • Шавкат Мирзиёев: "Халқ байрам қилади, биз ишлаймиз"
    Prezident Shavkat Mirziyoyevning Samarqand viloyatiga tashrifi davom etmoqda. Davlat rahbari 17 mart kuni Past Darg‘om tumanida viloyat faollari bilan uchrashib, videoselektor yig‘ilishi o‘tkazdi. Unda Samarqand viloyatini ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish muammolari tanqidiy muhokama qilindi, deb xabar qilmoqda Kun.uz.

    «Ishchi guruhlari tomonidan so‘nggi 1 hafta mobaynida umumiy qiymati 1.4 trln so‘m bo‘lgan 110ta qo‘shimcha loyiha ishlab chiqilib, dasturdagi yirik loyihalar soni 431taga ko‘paydi. Ularning umumiy qiymati 5.6 trln so‘mga yetkazildi. Ammo sharoiti og‘ir tumanlarda yirik loyihalar bo‘yicha takliflar juda kam.

    Kattaqo‘rg‘onda 7ta, Ishtixonda 10ta, Nurobod 8ta, Qo‘shrabot va Paxtachi tumanlarida 9tadan loyiha taklif etilgan, xolos. Bu yerdagi odamlarni ish bilan ta’minlash kerak emasmi? 1 hafta muddatda qoloq tumanlarda qo‘shimcha yirik loyihalarni amalga oshirish bo‘yicha takliflar ishlab chiqib, umumlashtirib shaxsan menga taqdim etasizlar. Biz buni nazorat qilamiz», - deya ta’kidladi Prezident.

    Davlat rahbari, shuningdek 1 oy muddatda sharoiti nisbatan og‘ir bo‘lgan Nurobod, Past Darg‘om, Ishtixon, Narpay va Qo‘shrabot tumanlarida Vazirlar Mahkamasining 2018-2019 yillarga mo‘ljallangan ijtimoiy-iqtisodiy dasturlarini ishlab chiqib, taqdim etish bo‘yicha topshiriq berdi.

    «Nima uchun bugun men Past Darg‘omga keldim. Bu tuman eng katta, ko‘p millatli tumanlardan biri. Lekin sharoiti eski tos, eski hammom. Bir ko‘cha ichkariga kirsangiz, odam adashib ketadi. Yo‘l yo‘q, suv yo‘q, svet yo‘q, gaz yo‘q, ko‘mir yo‘q. Maktab dabdala. Shifoxonaga qarab bo‘lmaydi. Shuning uchun yuqoridagi tumanlarda alohida dastur qilamiz. Toshkentdan mutaxassislar kelgan. Bayram xalqimizga, bizga bayram emas. Bizga ish», - dedi davlat rahbari Mirziyoyev.

    » » Shavkat Mirziyoyev: "Xalq bayram qiladi, biz ishlaymiz"
    Яндекс.Метрика