Qoraqalpog‘istonning Nukus shahri yaqinida Gollandiyaning Dalsem kompaniyasi pomidor yetishtirish uchun maydoni 2,7 gektarga teng bo‘lgan issiqxona qurmoqda. Qiymati olti million yevroga teng bo‘lgan loyihani joriy yilning avgust oyi oxiriga qadar yakunlash rejalashtirilmoqda. Bu haqda AgroWorld Uzbekistan 2018 13-xalqaro ko‘rgazmasida kompaniya menejeri Farhod Rahmatov ma’lum qildi.
Issiqxonada gidroponika tizimi qo‘llaniladi, sabzavotlar maxsus osma lotoklarda yetishtiriladi. Qurilma balandligi yetti metrga yaqin bo‘ladi. Issiqxonalarda isitishning bir necha bosqichi qo‘llaniladi.
Changlatish asalarilar yordamida amalga oshiriladi, bu ekologik toza mahsulot olish imkonini beradi. Barcha tizimlar o‘simliklar uchun optimal mikroiqlim yaratish uchun o‘ylab chiqilgan. “Zamin” yangiliklarini “Twitter”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Ramzan Qodirovning 19 yoshli qizi medal bilan taqdirlandi
HAMAS yetakchisi: Isroil Rafahga kirsa, Falastin xalqi oq bayroqni ko‘tarmaydi
Sariqmi yoki yashil: qaysi turdagi banan foydaliroq?
Toshkentda 02 kodli avtoraqamlar taxminan qachon paydo bo‘lishi aytildi
Eron prezidenti jiddiy bayonot berdi: «Isroildan hech narsa qolmaydi»
Germaniyada maktab o‘quvchilari ommaviy ravishda islom dinini qabul qilmoqda
Germaniyaning Knauf kompaniyasi Rossiyadan butunlay chiqib ketishini tasdiqladi
Qaysi kundalik odatlar immunitet pasayishiga olib kelishini bilasizmi?