20:01 / 19.03.2018
7 974

Namanganda rekord darajadagi sumalakni tayyorlash jarayoni boshlandi (foto+video)

Namanganda rekord darajadagi sumalakni tayyorlash jarayoni boshlandi (foto+video)
Namangan shahridagi Zahiriddin Muhammad Bobur nomidagi madaniyat va istirohat bog‘ida Navro‘z bayrami tantanalari doirasida 20-21 mart kunlari birinchi marta tashkil etiladigan “Sumalak sayli” turizm va milliy qadriyatlar festivalida 5 tonnalik sumalak tayyorlanishi haqida xabar bergan edik.

Ayni paytda bahor taomi uchun ishlatiladigan masalliqlar tayyorlanmoqda. Jumladan, 2 tonna bug‘doy ivitilib, undirishga qo‘yildi. Bug‘doydan tashqari, sumalakni tayyorlash uchun 2 tonna un, 1 tonna yog‘, 450 kilogramm zog‘ora uni, 50 kilogramm novvot ishlatiladi. O‘tgan yili 7 tonna palov damlangan mashhur o‘choq-qozon “xizmatda bo‘ladi”. Sumalakni pishirishga katta tajribaga ega 25 nafar onaxon jalb etilgan.


Mazkur sumalakni tayyorlanish jarayonlari aks etgan videoroliklarni quyidagi 1-HAVOLA va 2-HAVOLA orqali ko‘rishingiz mumkin.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » Namanganda rekord darajadagi sumalakni tayyorlash jarayoni boshlandi (foto+video)