21:21 / 19.03.2018
5 802

Shavkat Mirziyoyev o‘zini qachon "eng baxtli deb hisoblashi"ni aytdi (video)

Шавкат Мирзиёев ўзини қачон "энг бахтли деб ҳисоблаши"ни айтди (видео)
Samarqand viloyatining Pastdarg‘om tumanida 17 mart kuni Prezident Shavkat Mirziyoyev raisligida viloyat faollari yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi. «O‘zbekiston 24» telekanalining «Tahlilnoma» dasturida yig‘ilishdan reportaj ko‘rsatildi.

Yig‘ilish davomida ma’ruza qilgan Davlat rahbari viloyat faollarini mamlakat kelajagi, farzandlar va nevaralarning yanada farovon hayoti uchun tinim bilmay mehnat qilishga chaqirdi. Shu bilan birga, u o‘zini qachon eng baxtli inson deb hisoblashini ham aytdi.

Samarqand xalqi: «Hayotim sal o‘zgardi, yengil bo‘ldi, ko‘kragimga oftob tegdi, yuragimda oz bo‘lsa-da adolat uchquni paydo bo‘ldi» desa, shundan baxtliroq kunim bo‘lmaydi. Bilasizlarmi, nevara, farzanddan katta boylik, baxt yo‘q o‘zi dunyoda. Nevaralar baxtli bo‘lishi uchun esa sizu biz xalqqa xizmat qilishimiz kerak.

Hammangizga sihat-salomatlik, oilaviy baxt, xotirjamlik tilayman. Atrof tinch bo‘lsin, obod bo‘lsin. Atrofda munosabat o‘zgarsa, keyin biz hammamiz baxtli bo‘lamiz. Ilohim, baxtli kunlarimiz har vaqt bizga hamroh bo‘lsin. Yurtimizga ko‘z tegmasin, sog‘ bo‘linglar!


Shavkat Mirziyoyev, O‘zbekiston Prezidenti

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » Shavkat Mirziyoyev o‘zini qachon "eng baxtli deb hisoblashi"ni aytdi (video)