12:20 / 20.03.2018
7 609

Prezident Samarqandda KAMAZ ishlab chiqarish loyihasi bilan tanishdi (video)

Prezident Samarqandda KAMAZ ishlab chiqarish loyihasi bilan tanishdi (video)
O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev Samarqand viloyatiga tashrifi davomida UzAutoTrailer korxonasida KAMAZ yuk mashinalarini ishlab chiqarish loyihasi bilan ham tanishdi, deya xabar bermoqda «O‘ZBEKISTAN 24».

«Prezident mutasaddilarga butlovchi qismlarni mahalliylashtirishni kengaytirish bo‘yicha topshiriqlar berdi», — deyiladi «O‘ZBEKISTAN 24» telekanali axborotida.

«O‘zavtosanoat» kompaniyasi raisi Umidjon Salimovning so‘zlariga ko‘ra, mazkur ishlab chiqarish loyihasi, avvalo, import hajmini qisqartirish maqsadida yo‘lga qo‘yilmoqda. Samarqand KAMAZlari eksportga ham chiqariladi.

«Prezidentimiz loyiha bilan tanishganlaridan so‘ng, birinchi navbatda, bu mashinalarning sifatini ushlash, ikkinchidan, tannarxini yanada kamaytirish, uchinchidan, eksport salohiyati va bozorlarini kengaytirish, eksportga chiqarilayotgan mahsulot hajmini oshirish bo‘yicha topshiriqlar berdilar», — dedi Salimov.

O‘zbekistonda KAMAZ yuk mashinalari ishlab chiqarilishi mumkinligi haqidagi ilk xabarlar 2017 yil oktyabrida paydo bo‘lgan edi. 2 noyabr kuni esa Rossiyaning «KamAZ» kompaniyasi va «O‘zavtosanoat» o‘rtasida UzAutoTrailer zavodi quvvatlarida KAMAZ markali yuk tashuvchi transport vositalarini ishlab chiqarish yo‘lga qo‘yilishi haqidagi kelishuv imzolangani e’lon qilindi.

O‘shanda 2017 yil dekabr oyi oxiriga qadar KAMAZ avtomobillarini yig‘ish uchun dastlabki 100 ta yig‘ish uskunalari to‘plami yetkazib berilishi rejalashtirilgani ma’lum qilingan edi. Ushbu kelishuv bo‘yicha O‘zbekiston tomoni «KamAZ» kompaniyasi korxonalariga ehtiyot qismlar va maxsus kuzovlar yetkazib berishi ham ko‘zda tutilgan.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » Prezident Samarqandda KAMAZ ishlab chiqarish loyihasi bilan tanishdi (video)