23:53 / 21.03.2018
6 697

Nursulton Nazarboyevning O‘zbekiston xalqiga bayram tabrigi (video)

Nursulton Nazarboyevning O‘zbekiston xalqiga bayram tabrigi (video)
Qozog‘iston prezidenti Nursulton Nazarboyev Navro‘zni O‘zbekistonda nishonladi. Samarqand, 2018 yil 21 mart.
Skrinshot: «Facebook» / Shavkat Mirziyoyev

Qozog‘iston prezidenti Nursulton Nazarboyev Navro‘z ayyomi munosabati bilan O‘zbekiston xalqiga bayram tabrigi yo‘lladi. Video Shavkat Mirziyoyevning «Facebook» hamda «Telegram»dagi sahifalarida e’lon qilindi.
Қозоғистон Президенти Нурсултон Назарбоевнинг Ўзбекистон халқига байрам табриги

Қозоғистон Президенти Нурсултон Назарбоевнинг Ўзбекистон халқига байрам табриги -- Поздравление Президента Казахстана Нурсултана Назарбаева народу Узбекистана

Опубликовано Шавкат Мирзиёев - Shavkat Mirziyoyev 21 марта 2018 г.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Nursulton Nazarboyev Shavkat Mirziyoyev taklifiga ko‘ra 2018 yilning 21 mart kuni O‘zbekistonga tashrif buyurishi, ikki qardosh davlat prezidentlari Navro‘z bayramini qadimiy shaharda nishonlashi kutilayotgani haqida xabar bergan edik.

Oliy martabali mehmon bugun, Samarqandda Prezident Shavkat Mirziyoyev tomonidan yuksak hurmat-ehtirom bilan kutib olindi. Samarqand shahridagi Forumlar majmuasida ikki davlat rahbarlarining uchrashuvi bo‘ldi.

Foto: Qozog‘iston prezidentning matbuot xizmati

Shundan so‘ng prezidentlar Hazrati Xizr majmuasiga tashrif buyurib, mustaqilligimiz asoschisi Islom Karimov qabrini ziyorat qilishdi. Qozog‘iston Prezidenti davlatimiz rahbari hamrohligida Samarqandning diqqatga sazovor joylarini tomosha qildi.

Foto: Qozog‘iston prezidentning matbuot xizmati

Shu bilan Qozog‘iston Respublikasi Prezidenti Nursulton Nazarboyevning mamlakatimizga tashrifi nihoyasiga yetdi.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » Nursulton Nazarboyevning O‘zbekiston xalqiga bayram tabrigi (video)