18:03 / 22.03.2018
7 859

Samarqandlik shifokor bir erkakni pichoqlab o‘ldirib qo‘ydi

Samarqandlik shifokor bir erkakni pichoqlab o‘ldirib qo‘ydi
Kecha, 21 mart kuni Samarqand tumanida noxush hodisa sodir bo‘ldi. Bu haqda O‘zbekiston Respublikasi IIV jamoatchilik va ommaviy axborot vositalari bilan aloqalar boshqarmasi xabar berdi.

Ma’lum bo‘lishicha, Zaxlik mahallasida yashovchi, Respublika shoshilinch tibbiy yordam ilmiy markazi (RShTYoIM) Samarqand viloyati filiali shifokori, 1974 yilda tug‘ilgan M.Eshonqulov uyi oldida o‘zaro janjal oqibatida, Navbog‘ mahallasida yashagan, 1965 yilda tug‘ilgan M.Xojiyevning ko‘krak va qorin qismiga pichoq bilan urib jarohat yetkazgan.

Natijada M.Xojiyev kasalxonaga olib ketilayotganida vafot etgan. M.Eshonqulov qo‘lga olingan.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » Samarqandlik shifokor bir erkakni pichoqlab o‘ldirib qo‘ydi