19:46 / 22.03.2018
10 530

Eshak go‘shti sotgan qassobning iqrori (video)

Eshak go‘shti sotgan qassobning iqrori (video)
«Telegram»dagi «UZBEK TV» kanalida eshak go‘shtini sotish bilan shug‘ullangan «tadbirkorlar» faoliyati aks etgan videolavha paydo bo‘ldi. Anons ekani aytilgan videolavhada katta ehtimol bilan 2017 yilning dekabrida jamoatchilik o‘rtasida katta shov-shuvlarga sabab bo‘lgan jinoyat ishi tarixi bayon qilinadi.

O‘shanda Bosh prokuratura huzuridagi Soliq, valyutaga oid jinoyatlarga va jinoiy daromadlarni legallashtirishga qarshi kurashish departamentining Toshkent shahar va Xorazm viloyati boshqarmalari tomonidan o‘tkazilgan tezkor tadbir davomida Xorazm viloyatidan Toshkent shahriga 69,6 kg eshak go‘shti poytaxtning Olmazor tumanida joylashgan «GOLD PREMIUM PRODUCT» MChJga qarashli «Sharshara» nomli go‘sht mahsulotlari ishlab chiqarish sexiga o‘tkazish uchun olib kelinganligi aniqlangan edi. Tezkor tadbir davomida eshak go‘shti sex ishchilari tomonidan boshqa go‘sht mahsulotlariga qo‘shilganligi aniqlanib, sexda mavjud bo‘lgan 275 kg go‘sht mahsulotlari ashyoviy dalil sifatida olib qo‘yilgan edi.

Mutaxassislarning xulosasiga ko‘ra, ushbu go‘sht mahsulotlari iste’molchilarning sog‘ligi va hayoti xavfsizligi talablariga javob bermasligi aniqlangan. Bosh prokuratura matbuot xizmati mazkur holat yuzasidan O‘zbekiston Respublikasi jinoyat kodeksining tegishli moddalari bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, hozirda aybdor shaxslarni javobgarlikka tortishga qaratilgan zarur tezkor-tergov harakatlari olib borilayotganini ma’lum qilgan edi.

Bugun, 22 mart kuni «Telegram»dagi kanallarda tarqalgan video Bosh prokurotura huzuridagi Axborot-tahlil multimedia markazi tomonidan tayyorlangani aytiladi. Unda eshaklar qo‘yilgan joylar, go‘shtlar hamda shu ish bilan shug‘ullangan kishilar aks etgan. Ammo kadrda ko‘ringan shaxslarning so‘zlaridan voqeaning tugal mazmunini anglab olish qiyin. Tez orada bu videolavhaning to‘liq versiyasi chiqsa kerak. Ammo manbada bu haqda hech qanday ma’lumot keltirilmagan.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » Eshak go‘shti sotgan qassobning iqrori (video)