17:01 / 23.03.2018
7 338

Endi “fohishaxona”larga borgan erkaklar ham jarimaga tortiladi...mi?

Энди "фоҳишахона"ларга борган эркаклар ҳам жаримага тортилади...ми?
O‘zbekiston Respublikasi Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksi fohishaxonaga borgan shaxslarga nisbatan jazo belgilanishini ta’minlovchi moddalarga qo‘shimcha kiritishni taklif etmoqda. Bu boradagi loyiha Adliya vazirligi tomonidan Normativ huquqiy hujjatlar muhokamasi portaliga joylashtirildi.

Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksning 190-1 moddasiga taklif etilayotgan o‘zgartirishga ko‘ra, jinsiy ehtiyojini qondirish maqsadida fohishaxonaga borgan shaxslar eng kam ish haqining (EKIH) 1 baravari miqdorida jarimaga tortilishini nazarda tutadi.

Ayni vaqtda, kodeksda fohishalik bilan shug‘ullangan shaxslar EKIHning 1 baravaridan 3 baravarigacha jarimaga tortilishi belgilangan bo‘lib, ushbu holat bir yil ichida qayta takrorlangudek bo‘lsa, jarima miqdori EKIHning 3—5 baravariga teng bo‘ladi.

Shuningdek, Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksning 39-1-moddasini to‘ldirish rejalashtirilgan, unga ko‘ra jarima bilan birga ma’muriy sud “Fohishalik bilan shug‘ullanish” va “Fohishaxonalarga tashrif buyurish” moddalari bo‘yicha jinoyatlarni sodir etgan shaxslarga “majburiy tibbiy choralar” tayinlashi mumkin bo‘ladi.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » Endi “fohishaxona”larga borgan erkaklar ham jarimaga tortiladi...mi?