“Chirchiq-Yangibozor-O‘rtasaroy” yo‘lining Toshkent viloyati Yuqorichirchiq tumanidan o‘tuvchi 25-kilometrida avtoto‘qnashuv oqibatida uch kishi halok bo‘ldi, 7 kishi jarohatlandi.
Sof.uz nashrining yozishicha 24 yoshli N.Sarsenbayev boshqarib ketayotgan Lacetti va 32 yoshdagi S.Ahmedov boshqarayotgan Damas avtomashinalari to‘qnashuvi 21 mart kuni soat 13 dan 50 daqiqa o‘tganida yuz bergan.
Damas haydovchisi voqea joyida halok bo‘lgan. Damas yo‘lovchisi bo‘lgan 46 yoshli J.To‘laganova va Lacetti haydovchisi kasalxonaga olib ketilayotganda “Tez yordam” mashinasida vafot etdi.
Lacetti yengil avtomashinasining bir nafar, Damas minivenining 6 nafar yo‘lovchisi turli tan jarohatlari bilan kasalxonaga yotqizildi. “Zamin” yangiliklarini “Youtube”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Damas uchun onlayn kontraktatsiya ochiladi
Rossiya dunyodagi birinchi vodorod yoqilg‘ili avtomobilni taqdim etdi
Germaniyaning Knauf kompaniyasi Rossiyadan butunlay chiqib ketishini tasdiqladi
Germaniyada maktab o‘quvchilari ommaviy ravishda islom dinini qabul qilmoqda
Vladimir Putin «Krokus»da sodir etilgan terakt uchun o‘ch olishga chaqirdi
Amerikalik olimlar barcha uchun birdek foydali jismoniy faollik turini aniqladi
O‘zbekistonda o‘tgan uch oyda qancha avtomobil ishlab chiqarilgan?
Crocus teraktida ayblanayotgan tojikistonlik Dalerjon Mirzoyevning ota-onasi o‘g‘li haqida gapirdi