Ohangaron tumanida Isuzu va MAN rusumli yuk mashinalari to‘qnashuvi oqibatida 25 yoshli yigit vafot etdi. Bu haqda Toshkent viloyat IIB huzuridagi Tergov boshqarmasi xabariga asosan Daryo nashri xabar berdi.
Qayd etilishicha, 2018 yil 23 mart kuni soat 06:40 larda 1995 yilda tug‘ilgan beshariqlik haydovchi “Rapqon-Progres-Fayz” MCHJga tegishli Isuzu rusumli yuk avtomashinasini boshqarib ketayotib, “Olmaliq—Toshkent” avtomobil yo‘lining 22-kilometrida shu yo‘nalishda oldindan harakatlanib ketayotgan MAN yuk mashinasi bilan to‘qnashuv sodir etgan.
Foto: Toshkent viloyat IIB Tergov boshqarmasi
“Angren Logistika markazi maxsus yuk trans” MCHJga tegishli MAN yuk mashinasini 1962 yilda tug‘ilgan angrenlik erkak boshqarib kelayotgan bo‘lgan.
To‘qnashuv oqibatda Isuzu yuk avtomashinasi yo‘lovchisi, 1993 yilda tug‘ilgan farg‘onalik yigit olgan tan jarohatlari oqibatida voqea joyida vafot etgan.
Foto: Toshkent viloyat IIB Tergov boshqarmasi
Holat yuzasidan Ohangaron tuman IIB huzuridagi Tergov bo‘limi tomonidan Jinoyat Kodeksining 266-moddasi 2-qismi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari olib borilmoqda. “Zamin” yangiliklarini “Vkontakti”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Rossiya dunyodagi birinchi vodorod yoqilg‘ili avtomobilni taqdim etdi
Damas uchun onlayn kontraktatsiya ochiladi
Germaniyada maktab o‘quvchilari ommaviy ravishda islom dinini qabul qilmoqda
Vladimir Putin «Krokus»da sodir etilgan terakt uchun o‘ch olishga chaqirdi
Futzal. Osiyo Kubogi. Tojikiston Yaponiyani guruhda qoldirdi
Amerikalik olimlar barcha uchun birdek foydali jismoniy faollik turini aniqladi
O‘zbekistonda o‘tgan uch oyda qancha avtomobil ishlab chiqarilgan?
Crocus teraktida ayblanayotgan tojikistonlik Dalerjon Mirzoyevning ota-onasi o‘g‘li haqida gapirdi