23:53 / 24.03.2018
4 922

Sodiq Safoyev: “Afg‘onistondagi mojarolarning asl sabablari nimada?”

Содиқ Сафоев: "Афғонистондаги можароларнинг асл сабаблари нимада?"
Afg‘oniston bo‘yicha yuqori darajadagi Toshkent xalqaro konferensiyasi matbuot markazida navbatdagi sessiya yig‘ilishi bo‘lib o‘tmoqda.

Oliy Majlis Senati raisining birinchi o‘rinbosari Sodiq Safoyevning qayd etishicha, turli mintaqalardan Afg‘onistonga qurol-yarog‘ yetkazib berish bo‘yicha barcha ta’minot bajarilmoqda. Biroq qo‘shni afg‘on diyorida diplomatiya va siyosiy sa’y-harakatlar borasida taqchilliklar bor. Bugun Afg‘onistonda yuz berayotgan notinchliklarning asosiy sababi ham shunda.

U Afg‘onistonda tinchlikka erishishning ahamiyati haqida to‘xtalib, “Ushbu mamlakatda tinchlik o‘rnatish mintaqada nafaqat barqaror rivojlanishning muhim omili, balki Osiyoni Yevropa davlatlari bilan savdo-iqtisodiy sohadagi hamkorligini faollashtirish, tranzit-transport imkoniyatlarining integratsiyalashuvini ta’minlash imkoniyati hamdir”, deb ta’kidladi.

Dasturlash foundation


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » Sodiq Safoyev: “Afg‘onistondagi mojarolarning asl sabablari nimada?”