15:54 / 25.03.2018
10 905

Uyida fohishaxona ochgan onasini va 5 yashar ukasini o‘ldirgan “qotil”... (video)

Уйида фоҳишахона очган онасини ва 5 яшар укасини ўлдирган "қотил"... (видео)
Foto: “UzNews.uz”
Turmushidan ajrab, ikki nafar o‘g‘il farzandini bir o‘zi voyaga yetkazayotgan G.T. uyida fohishaxona ochib, oson pul topish yo‘lini tanlaydi. Onasining mazkur xatti-harakati to‘ng‘ich o‘g‘il O.ga yoqmaydi, shu bois ularning o‘rtasida tez-tez kelishmovchiliklar yuzaga kelib turgan. Bu haqda “UzNews.uz” xabar bermoqda.

Xabarda qayd etilishicha, shunday kelishmovchiliklarning birida O. o‘z onasining boshiga muzlatgich ostida turgan g‘isht bilan yetti marotaba uradi. U bu bilan cheklanmay jabrlanuvchini ro‘moli bilan bo‘g‘ib o‘ldiradi.

O. jinoyatini yashirish maqsadida yana bir qotillikka qo‘l uradi. U o‘z onasini o‘ldirganiga guvoh bo‘lib qolgan ukasi 5 yashar A.ni ham bo‘g‘ib o‘ldiradi hamda jomadonga joylab, yerto‘laga yashirib qo‘yadi.
Xabarda mazkur holat yuzasidan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari olib borilayotgani aytiladi. Biroq “O'zbekiston 24” telekanali lavhasida ham, “UzNews.uz” xabarida ham voqea qachon va qayerda sodir bo‘lganiga oydinlik kiritilmagan.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » Uyida fohishaxona ochgan onasini va 5 yashar ukasini o‘ldirgan “qotil”... (video)