10:08 / 26.03.2018
6 799

Bo‘kadagi do‘konda propan gaz baloni portladi (video)

Bo‘kadagi do‘konda propan gaz baloni portladi (video)
Toshkent viloyatining Bo‘ka tumanida 24 mart kuni soat 12.24larda A.Navoiy ko‘chasida joylashgan avtoshohbekat oldidagi “Akfa” mahsulotidan qurilgan yengil turdagi do‘konda yong‘in sodir bo‘lgan. Bu haqda O‘zbekiston Respublikasi IIV Jamoatchilik va ommaviy axborot vositalari bilan aloqalar boshqarmasi xabar qilmoqda.

Ko‘rilgan choralar natijasida yong‘in o‘chirilgan.

Yong‘in oqibatida do‘konning ichki qismi va jihozlari yonib zarar ko‘rgan hamda do‘konda bo‘lgan propan gaz baloni yong‘indan kelib chiqqan issiqlik natijasida chaqnash sodir bo‘lib, chaqnash oqibatida do‘kon yonida bo‘lgan besh nafar fuqarolar jarohat olib kasalxonaga yotqizilganlar va ularga tibbiy yordam ko‘rsatilgan.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » Bo‘kadagi do‘konda propan gaz baloni portladi (video)