22:39 / 26.03.2018
7 021

Ko‘z o‘ngimda muslima bo‘lgan nasroniy

Ko‘z o‘ngimda muslima bo‘lgan nasroniy
Peshin namozini “Minor” jome’ masjidida o‘qidim. So‘ng qo‘lini olib ketish niyatida (imom-noib) Faxriddin qorining xonasiga kirdim. U yerda bir yigit va Yevropa millatiga mansub bir nasroniy ayol o‘tiribdi. Islomni qabul qilmoqchi bo‘lib kelgan ekan. Ko‘z o‘ngimda shahodat keltirdi. Bunga guvoh bo‘ldim…

Islomning Haq din ekanligi, Iso alayhissalom Xudo emasligi, balki Alloh taoloning payg‘ambari ekanini, Alloh taoloning yagonaligiga da’vat qilganini “Injil”laridan keltirib berdim. Xullas, shunday xursandchilik. Ular chiqib ketgach, qori akadan bundaylar ko‘pmi, deb so‘radim. Ha, bunday holatlar ko‘p, dedi va bugun kar va saqovlar jamiyatidan 100 ga yaqin odam kelgani va ularning ichida juda ko‘p nasroniy bo‘lib ketgan o‘zbeklar borligi va ularning 20 nafari shahodat keltirib Islomni qabul qilgani haqida aytib berdi… Alhamdulillah…

Oldingi davrlarda, ya’ni Islomdan qo‘rqitish, Islomdan cho‘chitish, uzoqlashtirish bo‘lib turgan vaqtida juda ko‘p dinga qiziqqanlar Islom o‘rniga nasroniylik yoki boshqa botil dinlarni qabul qilayotgani ham rost edi. Mana endi vaziyat o‘zgarib, hamma asl din, haq din bo‘lmish Islomga talpinmoqda. Islom deb aytmoqda. To‘p-to‘p bo‘lib Islomga kirmoqda.

Alloh taologa chekciz hamdu sanolar bo‘lsin.
Subhanallohi va bihamdihi.
Abu MUSLIM

Manba: azon.uz

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » Ko‘z o‘ngimda muslima bo‘lgan nasroniy