08:27 / 27.03.2018
5 353

2 millionga yaqin AQSh dollarini o‘zlashtirgan firibgarlar qo‘lga olindi

2 millionga yaqin AQSh dollarini o‘zlashtirgan firibgarlar qo‘lga olindi
23 mart kuni Toshkent shahar IIBBga tushgan hujjatlarga ko‘ra, 2017 yil 28 avgust kuni Chilonzor 9-daha 12-uy 22-xonada yashovchi, 1972 yilda tug‘ilgan B.Axatov “Yelegant Trade Business” MChJ tashkil etib ushbu MChJga qarindoshi, 1984 yilda tug‘ilgan J.Rahmonovni rahbar etib tayinlab, 2017 yil 30 avgust kuni Afsona ko‘chasida joylashgan ofisida Ukraina Respublikasi fuqarosi, 1986 yilda tug‘ilgan Ya.Pishak bilan 2.000.000 AQSh dollari miqdorida bo‘lgan farmatsevtika mahsulotlarini sotib olish bo‘yicha shartnoma tuzgan.

Pullarni 90 kun ichida to‘liq to‘lab berishni va’ada qilib, 1.750.146 AQSh dollariga teng dori-darmon va farmatsevtika mahsulotlarini olib, pulni kelishilgan muddatda bermasdan, 2017 yil 18 dekabr kuni o‘z majburiyatlarini “Regas meva biznes” MChJ rahbari X.S.Yadgarovga o‘tkazib berib, sotib olingan farmatsevtika mahsulotlarini sotib savdodan tushgan 1.750.000 AQSh dollarini “Rnarm Produkt” MChJning qurilishiga investitsiya tariqasida kiritib pullarni shaxsiy ehtiyojlari uchun ishlatib yuborganligi ko‘rsatilgan. Bu haqda O‘zbekiston Respublikasi IIV Jamoatchilik va ommaviy axborot vositalari bilan aloqalar boshqarmasi xabar qildi.

Natijada J.Rahmonov ushlangan. B.Axatovni ushlash choralari ko‘rilgan.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » 2 millionga yaqin AQSh dollarini o‘zlashtirgan firibgarlar qo‘lga olindi