Ushbu noyob bitiklar arabistonlik, 7-asr oxiri va 8-asr boshlarida islom dinini mintaqamizga targ‘ib qilish bilan shug‘ullanishgan aka-uka avliyolar – Xo‘ja Abdulloh Ansoriy va Xo‘ja Ibodulloh Alamdoriy hayoti haqida ma’lumot berishi mumkin. Bu haqda O‘zA ma’lum qilmoqda.
Pop tumanidagi “Pillakash” mahallasida joylashgan, mahalliy aholi tilida Langar ota qabristoni, deya yuritiladigan aka-uka avliyolar qabri 714 yilga oid. Bugungacha ushbu ziyoradgohning ilmiy, ma’naviy va arxeologik qiymati to‘liq aniqlanmagan.
Ushbu noyob qadim qo‘lyozmalar maqbara yaqinida yashovchi Botirjon Nurmatovning shaxsiy kolleksiyalarida saqlanib kelingan. Botir akaning aytishicha, Langar ota ziyoratgohidan topilgan qadim qo‘lyozmalar unga ota-bobolaridan o‘tib kelayotgan ekan.
“Bir necha bor bu qo‘lyozmalarni olib ketishmoqchi bo‘lishdi. Lekin ularga ishonqiramaganim bois bermadim. Bu qo‘lyozmalar qadim tilsimni ochuvchi noyob manba bo‘lishi mumkin”, deydi Botir aka. “Zamin” yangiliklarini “Odnoklassniki”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Ramzan Qodirovning 19 yoshli qizi medal bilan taqdirlandi
AQSHning Suriyadagi harbiy bazasiga raketalar hujum qildi
Damas uchun onlayn kontraktatsiya ochiladi
O‘zbekistonda o‘tgan uch oyda qancha avtomobil ishlab chiqarilgan?
Amerikalik olimlar barcha uchun birdek foydali jismoniy faollik turini aniqladi
Crocus teraktida ayblanayotgan tojikistonlik Dalerjon Mirzoyevning ota-onasi o‘g‘li haqida gapirdi
Futzal. Osiyo Kubogi. Tojikiston Yaponiyani guruhda qoldirdi
Vladimir Putin «Krokus»da sodir etilgan terakt uchun o‘ch olishga chaqirdi