00:39 / 30.03.2018
13 506

"Ikki olam sarvari" kitobi nashr etildi

"Икки олам сарвари" китоби нашр этилди
So‘ngi yillarda yurtimizda Payg‘ambarimiz Muhammad sallallohu alayhi vasallamning hayot yo‘llarini, siyratlarini, hadisi shariflarini yoritishga qaratilgan ko‘plab asarlar yozilmoqda yohud tarjima qilinmoqda.

Ana shunday asarlardan biri marhum Shayx Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf hazratlarining ustozlaridan biri Sayyid Muhammad Hasaniyning “Muhammad sallallohu alayhi vasallam – insonul komil” kitobi bo‘lib, uni Toshkent Islom instituti va “Ko‘kaldosh” o‘rta maxsus Islom bilim yurti mudarrisi G‘iyossiddin Habibulloh o‘zbek tiliga “Ikki olam sarvari” nomi ostida tarjima qilib, nashrga tayorlagan. Kuni kecha mazkur kitob “Hilol-nashr” nashriyoti tomonidan chop etilib, xalqimizga taqdim etildi.

Ushbu asar har bir mo‘min-musulmon Payg‘ambarimiz sallallohu alayhi vasallamning hayotlari va xulqlaridan ibrat ola bilishi va hayotiga tatbiq qilishi zarur bo‘lgan ma’lumotlarni o‘z ichiga olgan.

Mazkur asar Rasululloh sallallohu alayhi vasallamning shamoillarini va payg‘ambarlik tarixinigina emas, balki buyuk xulqlaridagi insoniylik, mehr-shafqat va yuksak bag‘rikenglik fazilatlarini ochib bera olgani bilan ham ushbu yo‘nalishdagi boshqa kitoblardan ham alohida ajralib turadi. Shu bilan birga asarda Payg‘ambarimiz sallallohu alayhi vasallamning yurtimizdagi keng kitobxonlar ommasiga hali u qadar yaxshi tanish bo‘lmagan binokorlik, tijorat, ta’lim-tarbiya va madaniyat sohasida o‘z ummatlarga bergan tavsiyalari haqida ham atroflicha ma’lumotlar berilgan.

Bundan tashqari, Rasululloh sallallohu alayhi vasallam hayotlarida sodir bo‘lgan voqea-hodisalarning zohiriy va yashirin hikmatlariga alohida urg‘u berilgani ham e’tiborga sazovordir. Ishonamizki, kitobni o‘qigan har bir kishi Nabiy sallallohu alayhi vasallamning butun olamlarga ayni rahmat bo‘lib yuborilganlarini, Islom dinining ham butun insoniyatga hidoyat mayog‘i ekaninini o‘z-o‘zidan anglab yetadi.

Manba: Azon.uz

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » "Ikki olam sarvari" kitobi nashr etildi