Ichki ishlarga ishga kirish talablari e’lon qilindi

  • Jamiyat
  • 30-03-2018, 14:50
  • 2 473
  • Ички ишларга ишга кириш талаблари эълон қилинди
    Ichki ishlar organlariga xizmatga tanlov asosida, ixtiyoriy tartibda yoshi o‘n sakkizdan kichik va o‘ttizdan katta bo‘lmagan, shu jumladan o‘ttiz yoshdagi ham, tegishli ma’lumotga ega, shaxsiy va ishchanlik sifatlari, sog‘lig‘ining holati va jismoniy tayyorgarligi bo‘yicha xodimning xizmat majburiyatlarini bajarishga qodir bo‘lgan O‘zbekiston Respublikasi fuqarolari qabul qilinadi.

    Xizmatga 165 santimetrdan past bo‘lmagan erkaklar va 160 santimetrdan past bo‘lmagan ayollar qabul qilinadi. Qabul nomzodning doimiy propiska joyi bo‘yicha ichki ishlar organlari tomonidan dastlabki va yakuniy tanlovlar asosida amalga oshiriladi.

    Tanlovlar nomzodning xohishiga ko‘ra davlat, qoraqalpoq yoki rus tillarida o‘tkaziladi. Dastlabki tanlov dastlabki suhbat, psixologik test, umumjismoniy tayyorgarlik darajasini baholash shaklida o‘tkazilib, umumlashtirilgan natijalariga ko‘ra yakunlanadi.

    Yakuniy tanlov nomzod bilan yakka tartibdagi suhbat shaklida o‘tkazilib, suhbat davomida uning aqliy salohiyati, xizmat o‘tashga ruhan tayyorligi, kirishimliligi, shuningdek xodim uchun zarur bo‘lgan boshqa ma’naviy-axloqiy va kasbiy jihatdan muhim xislatlar baholanadi.

    Yakuniy suhbat natijalari ko‘ra nomzodning xizmatga kasbiy jihatdan yaroqliligi to‘g‘risida xulosa chiqariladi.

    Xizmatga, mavjud bo‘sh lavozimlarni hisobga olgan holda yakuniy tanlov natijalariga ko‘ra yakka tartibdagi suhbatdan muvaffaqiyatli o‘tgan nomzodlar qabul qilinadi.

    » » Ichki ishlarga ishga kirish talablari e’lon qilindi
    Яндекс.Метрика