Prezident tuya suti bilan davolaydigan klinika tashkil qilishga alohida e’tibor qaratdi

  • Jamiyat
  • 31-03-2018, 00:06
  • 690
  • Президент туя сути билан даволайдиган клиника ташкил қилишга алоҳида эътибор қаратди
    Prezident Shavkat Mirziyoyev Do‘stlik tumanidagi Manas qishlog‘iga keldi. Bu haqda Prezident matbuot xizmati xabar bermoqda.

    “Manas” qishloq fuqarolar yig‘inida Jizzax viloyatida qishloq xo‘jaligi tarmoqlarini rivojlantirishga qaratilgan loyihalar taqdimoti o‘tkazildi.

    Davlatimiz rahbari terini qayta ishlash, agrosanoat majmuasi va oziq-ovqat klasteri barpo etish, tuya suti bilan davolaydigan klinika tashkil qilish borasidagi takliflarga alohida e’tibor qaratdi.

    Aholining tomorqa xo‘jaliklaridan samarali foydalanishiga ko‘maklashish, fermer va dehqon xo‘jaliklariga buxgalteriya hisobini yuritish bo‘yicha konsalting xizmati ko‘rsatish, moliyalashtirish bazasini kengaytirish bo‘yicha ko‘rsatmalar berildi.



    » » Prezident tuya suti bilan davolaydigan klinika tashkil qilishga alohida e’tibor qaratdi
    Яндекс.Метрика