19:10 / 31.03.2018
6 561

Ichki ishlar xodimi fuqarolarga qanday murojaat qilishi kerak?

Ichki ishlar xodimi fuqarolarga qanday murojaat qilishi kerak?
Ko‘pincha ko‘cha-ko‘yda, bozorlarda, jamoat joylarda oddiy fuqarolar va ichki ishlar xodimlari o‘rtasida arzimagan sabablar bois tortishuvlar bo‘layotganini ko‘p bora kuzatganmiz. Ayniqsa, mashina haydovchilarining YHXB xodimlari bilan o‘zaro nizolariga ko‘pchiligimiz guvoh ham bo‘lganmiz. Aslida ikki tomon ham qonunlarni yaxshi bilsa o‘rtadagi nizolarga hech qachon o‘rin qolmaydi.

IChKI IShLAR ORGANI XODIMI FUQAROGA MUROJAAT ETGANIDA:
  • o‘z lavozimini, unvonini, familiyasini, ismini, otasining ismini aytishi;
  • fuqaroning talabiga ko‘ra xizmat guvohnomasini ko‘rsatishi;
  • murojaat qilishining sababi va maqsadini ma’lum qilishi;
  • fuqaroga nisbatan uning huquq va erkinliklarini cheklovchi choralar qo‘llanilgan taqdirda, bunday choralar qo‘llanilishining sababini hamda asoslarini, shuningdek fuqaroning shu munosabat bilan yuzaga keladigan huquqlari va majburiyatlarini unga tushuntirishi shart.

Ichki ishlar organi xodimi o‘ziga fuqaro murojaat etgan taqdirda, o‘z lavozimini, unvonini, familiyasini, ismini, otasining ismini aytishi, uni diqqat bilan eshitishi, o‘z vakolatlari doirasida tegishli choralar ko‘rishi yoxud qo‘yilgan masalani hal etish kimning vakolatiga kirishini tushuntirishi shart.

«Ichki ishlar organlari to‘g‘risida»gi qonunning 8-moddasi.
Manba: hordiq.uz

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » Ichki ishlar xodimi fuqarolarga qanday murojaat qilishi kerak?