3 aprel kuni O‘zbekiston Respublikasi bosh vaziri Abdulla Aripov Jizzax viloyatiga tashrif uyushtirdi.
Tashrif davomida bosh vazir raisligida viloyat markazi Jizzax shahrida, Baxmal, Do‘stlik, Paxtakor va Zarbdor tumanlarida Xalq deputatlari tuman Kengashining navbatdan tashqari sesiyalari o‘tkazildi. Sessiyada tashkiliy masalalar ko‘rib chiqildi.
Kun.uz xabar berishicha, “Mahalliy davlat hokimiyati to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonunining 2-moddasiga muvofiq viloyat hokimi qaroriga asosan viloyat bo‘yicha jami 6 hokim o‘zgardi.
Jizzax shahri hokimi Akrom Bahritdinovich Raxmonqulov o‘rniga Akbar Safarovich Shukurov;
Baxmal tumani hokimi Bahriddin O‘rolovich Safarov o‘rniga Musa To‘rayevich Anarboyev;
Do‘stlik tumani hokimi Ibrohim Boltaboyevich Qarshiboyev o‘rniga Ulug‘bek Yuldashevich Uzoqov;
Paxtakor tumani hokimi Narzulla G‘aybullayevich Qo‘shboqov o‘rniga Shukurullo Habibullayevich Boboyev;
Zarbdor tumani hokimi Sanoqul Jo‘raqulovich Anqayev o‘rniga Narzulla G‘aybullayevich Qo‘shboqov;
Zafarobod tumani hokimi v.b Ziyadin Hamidovich Sayidov o‘rniga Ibrohim Boltaboyevich Qarshiboyev tayinlangan.
Eslatib o‘tamiz, Toshkent viloyatining sobiq hokimi Shukrullo Boboyev va Jizzax viloyatining sobiq hokimi Ulug‘bek Uzoqov o‘tgan yilning 30 oktyabrida 2017 yilgi paxta mavsumida ushbu viloyatlarda hosil qo‘shib yozishga yo‘l qo‘yilgani sababli prezident tomonidan ishdan olingandi. “Zamin” yangiliklarini “Youtube”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
O‘zbekistonda o‘tgan uch oyda qancha avtomobil ishlab chiqarilgan?
Vladimir Putin «Krokus»da sodir etilgan terakt uchun o‘ch olishga chaqirdi
Rossiya dunyodagi birinchi vodorod yoqilg‘ili avtomobilni taqdim etdi
Germaniyada maktab o‘quvchilari ommaviy ravishda islom dinini qabul qilmoqda
Toshkentda 02 kodli avtoraqamlar taxminan qachon paydo bo‘lishi aytildi
HAMAS yetakchisi: Isroil Rafahga kirsa, Falastin xalqi oq bayroqni ko‘tarmaydi
Crocus teraktida ayblanayotgan tojikistonlik Dalerjon Mirzoyevning ota-onasi o‘g‘li haqida gapirdi
Amerikalik olimlar barcha uchun birdek foydali jismoniy faollik turini aniqladi