Kecha, 7 aprel kuni kechki soat 17:25larda Samarqand viloyatining Payariq tumanida jiddiy yo‘l transport hodisasi sodir bo‘ldi. Bu haqda IIV Jamoatchilik va ommaviy axborot vositalari bilan aloqalar boshqarmasi xabariga asosan Xabar nashri ma’lum qiladi.
Ma’lum bo‘lishicha, 1996 yilda tug‘ilgan O.Kamolov o‘zining «Kobalt» rusumli avtomashinasini «Zarafshon o‘ng sohili» 4R-48 yo‘lining 43-kilometrida haydab ketayotib, qarama-qarshi yo‘nalishda harakatlanib kelayotgan, 1995 yilda tug‘ilgan S.Sunnatov boshqaruvidagi «Neksiya» rusumli avtomashinasi bilan to‘qnashuv sodir etgan.
Oqibatda «Kobalt» avtomashinasi haydovchisi O.Kamolov va uning 2 nafar yo‘lovchisi voqea joyida, «Neksiya» avtomashinasi haydovchisi S.Sunnatov va uning 4 nafar yo‘lovchisi kasalxonaga keltirilganida hayotdan ko‘z yumgan.
Shuningdek «Kobalt» avtomashinasining yana 3 nafar yo‘lovchilari, jarohat olib kasalxonaga yotqizilganlar. “Zamin” yangiliklarini “Facebook”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Erdo‘g‘on: «Isroil Gitlerdan ham o‘tib ketdi»
«Real Madrid» ustozi Karlo Anchelotti kechagi g‘alabadan so‘ng nimalar dedi?
O‘zbekistonda zilzilaga tayyorgarlik kuchaytiriladi
Biznes imkoniyatingizni kengaytiring
Qondagi shakar miqdorini tartibga soluvchi foydali meva nomi aytildi
Zelenskiy: Rossiya Ukrainaning issiqlik energetikasini deyarli to‘liq yakson qildi
Qozog‘istonlik milliarderlar suv toshqinidan zarar ko‘rgan hududlarga mablag‘ ajratdi
Tadbirkorlarga qo‘llanadigan moliyaviy jarima kamaytiriladi